Kler Liu polshalik tennischini dodini berdi
Charlston shahrida o‘tayotgan "Volvo Car Open - 2018" turnirning birinchi davrasida amerikalik Kler Liu muhim g‘alabaga erishdi.
U turnirda polshalik Magda Linettni sinovdan o‘tkazib, uch setda 1:6, 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Kler musobaqaning ikkinchi davrasida ruminiyalik Irina-Kameliya Beguga qarshi raqobatlashadigan bo‘ldi.

Fikrlar