Koke: Hali hech narsa hal bo‘lmadi

  • 21.02.2019 20:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Atletiko” klubi xavbeki Koke kecha EChL 1/8 final dastlabki bahstdan o‘rin olgan “Yuventus”ga (2:0) qarshi bahsda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“G‘alabadan judayam xursandman, biroq hali hech narsa hal bo‘lmadi. Biz “Yuventus”ni, uning o‘yin darajasini va imkoniyatini yaxshi bilamiz. “Yuve” dunyoning eng zo‘r jamoalaridan biri.

Biz natijadan mamnunmiz, ammo Turinda katta to‘qnashuv, haqiqiy jang bo‘ladi. Keyingi bosqichga chiqishimiz uchun esa javob bahsini ham ajoyib o‘tkazishimiz kerak”, - deydi Koke.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» – «Atletiko» bahsi 12 mart sanasiga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!