
Konor MakGregor afsonaviy Meyvezerni “nokautga uchratdi”
Engil vaznda UFC chempioni irlandiyalik Konor MakGregor o‘zining tvitter ijtimoiy sahifasida boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni engilmas Floyd Meyvezerni nokautga uchratgan rasmni joylashtirdi.
Bu rasmda irlandiyalik sportchining ikkita chempionlik kamari bilan Meyvezer ustida turganligi tasvirlangan.
Eslatib o‘tamiz, UFC jangchisi va bokschi ayni damda bir-birlarini jangga chaqirib, turli kurakda turmas so‘zlar bilan “siylamoqda”. Avvalroq tomonlar o‘rtasida jang o‘tkazib bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan edi, biroq bu hali yakuniga etmagan.
Fikrlar