
Kristina Mladenovich: Yaqinlarim qomatim haqida ko‘p gapiradi
Frantsiyalik tennischi Kristina Mladenovich o‘zining jismoniy mashg‘ulotlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Men ko‘p vaqtimni kortda emas, jismoniy mashg‘ulotlar zalida o‘tkazaman. Bu ishim bilan men faqat kuchli bo‘lishni istayman. Ammo menga katta mushaklar kerak emas. Chidamlilik har qanday mushakdan yaxshiroq.
Eng yaqin insonlarim ham mengga qomatim haqida ko‘p o‘ylashimni gapirishadi. Qizig‘i shundaki, ular mening 150 kglik toshni ko‘tarayotganimni ko‘rib lol bo‘lib qolishadi va bu qomat bilan qanday qilib bu og‘irlikni ko‘tarasan deyishadi", - deydi Kristina.
Sports.uz
Fikrlar