
Legionerlarimiz. Jeparov to‘p suradigan «Sepaxon» g‘alabali yurishini davom ettirmoqda
Kecha Eron Pro ligasida 29 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov faoliyat olib boradigan «Sepaxon» jamoasi bu turda «Traktorsozi» jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan mazkur bahsda isfaxonliklar raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etishdi.
Mazkur g‘alaba ketma-ket qo‘lga kiritilgan uchinchi g‘alaba bo‘ldi va «Sepaxon» ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolari sonini 45 taga etkazib oldi va 3-o‘ringa ko‘tarilib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Eron Pro ligasi. 29 tur
«Sepaxon» – «Traktorsozi» 2:0 (1:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 41 Mehrdad Muxtari, 2:0 – 90 Farid Karimi(penalti).
Fikrlar