
Messi Yamalga xat yozdi: Unda nima deyilgan?
“Inter Mayami” yulduzi Lionel Messi o‘zining sobiq jamoasi “Barselona”da porlayotgan Lamin Yamalga qog‘ozda maktub yozdi.
Bu holat Adidas brendi reklamasida aks etdi. Bu reklamada Messi xat bitadi va unda Yamalning ismi ko‘ringan.
Ekspertlarning taxmin qilishicha, Lamin Yamal yangi mavsumda Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan Messining butsalarida o‘ynaydi.
Bundan tashqari, 17 yoshli futbolchi tez orada ilgari “Barselona”da Lionel Messiga tegishli bo‘lgan 10-raqamni ham oladi. Argentinalik yulduz Kataloniyani tark etganidan keyin uning raqami o‘sha davrlarda porlab chiqqan Ansu Fatiga berilgan edi.
Keyinchalik Fati og‘ir jarohatlar tufayli o‘z iqtidorini to‘liq namoyish qila olmadi. 22 yoshli hujumkor futbolchi “Monako” taklifini qabul qilgan. Lamin Yamal ta’tildan qaytganidan keyin Ansu Fatidan bo‘shagan 10-raqamni oladi.
Fikrlar