
Legionerlarimiz. Shukurovning jamoasi peshqadamga aylandi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyat olib boradigan "Sharja" jamoasi o‘z maydonida "Al-Fujayra"ni qabul qildi.
Mazkur uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng "Sharja" jamg‘argan ochkolar soni 12 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.
BAA Pro-ligasi. 4-tur
"Sharja" - "Al-Fujayr" 3:0
Gollar: Velliton (4), Koronado (45+2, 60).
Fikrlar