Legionerlarimiz. Tursunov yangi jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi
Hamyurtlarimiz Shoxrux Gadoev hamda Sanjar Tursunovlar faoliyat olib boradigan "Tedjon Sitizen" klubi o‘z maydonida "Gvangyu"ni qabul qildi.
Mazkur o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Har ikkala futbolchimiz bugungi bellashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi. Gadoev 55, Tursunov esa 72-daqiqada maydonga tushdi.
E’tiborlisi, "Tedjon Sitizen"ning yagona goliga Sanjar Tursunov mualliflik qildi va jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
K Liga-2. 22-tur
"Tedjon Sitizen" - "Gvangyu" 1:1
Gollar: Tursunov Sanjar (85) - Jun Yeong Chong (18)
Fikrlar