
Legionerlarimizda nima gap?
Bugundan e’tiboran biz, har hafta avvalida xorijda to‘p surayotgan legionerlarimiz haqida ma’lumot berib borishga qaror qildik. Demak, boshladik.
- “Real” nima sababdan Neapoldagi javob bahsida ehtiyot bo‘lishi kerak?
- Ular bir vaqtlar EChLda o‘ynashar edi…
Rossiya
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat yuritadigan “Lokomotiv” Rossiya Premer ligasining 18-turida “Krylya Sovetov” mehmoni bo‘ldi va 3–0 hisobida g‘alaba qozondi. Vitaliy uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Ayni paytda “Loko” hisobida18 uchrashuvdan so‘ng 26 ochko mavjud va ular turnir jadvalining 9-pog‘onasida borishmoqda.
“Orenburg”da to‘p suradigan Vadim Afonin ham 90 daqiqa harakat qilgan o‘yinda uning jamoasi 3–0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur g‘alabadan so‘ng esa orenburgliklar o‘z ochkolari sonini 15 taga etkazib olishdi va 13-o‘ringa ko‘tarilishdi.
BAA
Dubayning “Al-Shabab” klubida to‘p surib kelayotgan Azizbek Haydarov 20-turda “Dibba”ga qarshi o‘yinda to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Uchrashuv so‘nggida “Shabab” mag‘lubiyatdan arang qutulib qolishga erishdi. Ayni vaqtda Haydarov jamoasi 25 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
Serbiya
Xusniddin G‘ofurovning to‘p suradigan “Yavor” jamoasi bu turda “Rad” klubi mehmoni bo‘ldi va safarda 1–1 hisobida durang o‘ynab qaytdi. Mazkur bellashuvda G‘ofurov zahirada qoldirilgan. Uning klubi esa 33 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda.
Qatar
Sanjar Tursunov faoliyat yuritayotgan “Al-Xaritiyat” jamoasi Yulduzlar ligasining 23-turida “Lexviya” klubini mehmon qildi va yirik – 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Tursunov o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.
Temurxo‘ja Abduxoliqov xamda Sanjar Shoahmedovlar to‘p suradigan “Al-Xaritiyat” klubi esa “Al-Garafa” mehmoni bo‘ldi va safardan 3–2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. E]tiborlisi o‘yinni to‘liq o‘tkazgan Abduxoliqov ikkinchi bo‘lim uchun qo‘shib berilgan 5-daqiqada gol kiritib, jamoasi uchun muxim bo‘lgan 3 ochkoni keltirgan edi. Aytgancha, 28-daqiqada ham Temurxo‘ja gol kiritganini aytish yoddan ko‘tarilibdi. Shoahmedov esa 73-daqiqada zahiradan maydonga tushgan.
Sardor Rashidovning “Al-Jaish”i esa Sato Minori to‘p suradigan “Al-Muydar” mehmoni bo‘ldi va Seydu Keyta xamda Sardor tomonidan kiritilgan gollar evaziga safardan irodali g‘alaba bilan qaytdi. Hamyurtimiz uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.
Ayni vaqta Yulduzlar ligasida “Al-Jaish” 4-o‘rinni(45 ochko), “Al-Xaritiyat” 10-o‘rinni(25 ochko), “Al-Sayliya” 9-o‘rinni(26 ochko) egallab turibdi.
Malayziya
Farxod Tojiev va Dilshod Sharofutdinovlar to‘p suradigan Superligada ishtirok etuvchi “T-Tim” jamoasi mehmonda “Kelantan”ga 2-4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvda har ikkalar hamyurtimiz 90 daqiqa harakat qildi. Tojiev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Janubiy Koreya
Janubiy Koreya chempionati 1-ligasiga start berildi. Shu yil tashkil topgan “Ansan Griners” jamoasi safida o‘zbekistonlik Bahodir Nasimov to‘p surmoqda. Jamoa ilk o‘yinini “Daejeon Sitizen”ga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvning 42-daqiqasida hamyurtimiz gol urdi va jamoa tarixidagi birinchi golga mualliflik qildi. Yakunda Nasimov jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Yaponiya
Yaponiya chempionati 2-turida Fozil Musaev to‘p surayotgan “Jubilo Ivata” o‘z maydonida “Vegalta Sengay” klubiga qarshi bahs olib bordi. Fozil Musaev 90 daqiqada to‘liq o‘ynadi, ammo jamoa 0:1 hisobida yutqazdi. Dastlabki turda “Jubilo Ivata” durang o‘ynagandi. Ayni vaqtda jamoa 1 ochko bilan 18 jamoa orasida 14-pog‘onani egallab turidi.
Xitoy
Xitoy chempionati 1-turida Odil Ahmedov to‘p surayotgan “Shanxay SIPG” jamoasi o‘z maydonida Anzur Ismoilov harakat qilayotgan “Chanchun Yatay” bilan o‘zaro bahs olib bordi. O‘zbek derbisi bo‘lishi kutilgan o‘yinda Odil Ahmedov jamoasining xatto qaydnomasiga ham kiritilmadi. Shunga qaramay, shanxayliklar 5:1 hisobida zafar quchdi. Anzur Ismoilov o‘z jamoasi safida 90 daqiqa to‘liq o‘ynadi. “Shanxay SIPG” hozircha birinchi o‘rinni band qilib oldi.
Eron
Eron pro-ligasida 23-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Server Jeparov o‘ynayotgan "Sepaxon" klubi o‘z uyida "Zob Ahan"ni qabul qildi. Uchrashuvning 9-daqiqasida aynan Jeparov gol urib hisobni ochdi. Bu futbolchimiz uchun "Sepaxon" tarkibidagi birinchi goli bo‘ldi. "Zob Ahan" OChL-2017 guruh bosqichi doirasida "Bunyodkor" bilan to‘qnash keladi. "Sepaxon" 31 ochko bilan musobaqa jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar