Lennoks Lyuis: Uaylderga qarshi jang Fyuri uchun to‘g‘ri yo‘l

  • 9 avgust, 2018, 10:33
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasining sobiq mutloq jahon chempioni Lennoks Lyuis hamyurti va ushbu vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining WBC kamari sohibi amerikalik Deontey Uaylder bilan jang tashkil qilayotganini to‘g‘ri deb baholadi.

Tecno

Ayni damda bu Fyuri uchun eng to‘g‘ri yo‘l, – deya Lyuisning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri. – U Britaniya sharafini himoya qiladi. Xuddi shunday ishni men bir vaqtlar qilganman. Hozir Joshua boshqa jangga tayyorgarlik ko‘rayotganligi bois urniga Uaylder bilan uchrashishi kerak deb o‘ylayman. Barchamiz bu jangda Joshuani xohlagan edik, ammo Fyurining ham bunga tayyorgarligi yaxshi bo‘ldi. Agar u g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, bu katta muvaffaqiyat bo‘lardi. U haqiqiy chempionligini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, WBA, IBF va WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua Uaylder bilan kamarlarni birlashtiruvchi jangda ishtirok etishi kerak edi, ammo bu jang tashkil qilinmadi. Joshua bundan oldin rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi ringga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!