“Lokomotiv ”ning ertangi raqibi tarkibida kimlar to‘p tepadi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

13 mart kuni Toshketning “Lokomotiv” jamoasi Eronda “Istiqlol” mehmoni bo‘ldi. Biz bugun bo‘lajak uchrashuv oldidan raqib futbolchilari bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz. Texron klubi tarkibini ko‘zdan kechirar ekanmiz, jamoa hujumda asosan mahalliy futbolchilarga tayanib ish ko‘rishini kuzatdik.

Mavzuga oid: “Bunyodkor”ning ertangi raqibi - "Zob Ahan" tarkibida kimlar to‘p tepadi?

Legioner futbolchilari

“Istiqlol” himoyasi legioner futbolchilardan tashkil topganligini ko‘rishimiz mumkin. Texronliklar tarkibidagi har uchchala legioner ham himoyada to‘p suradi.

90-raqamdagi braziliyalik himoyachi Leandro Padovani, 33 yosh

3-raqamdagi braziliyalik himoyachi Robson de Paula, 23 yosh

15-raqamdagi armanistonlik himoyachi, Grayr Mkoyan, 30 yosh

Eron termasida o‘ynaydigan futbolchilari

Eron termasining 6 yanvardagi yig‘iniga “Istiqlol”dan faqatgina ikki nafar futbolchi Keyrushdan taklif olgan xolos.

6-raqamdagi yarim himoyachi Umid Ibrohimi, 29 yosh

2-raqamdagi himoyachi Xusro Xaydari, 33 yosh

Shuningdek, “Istiqlol” da to‘p surayotgan va bir vaqtlar termada o‘ynagan futbolchilar ham etarlichadir.

1-raqamdagi darvozabon Mexdi Rahmati, 34 yosh

8-raqamdagi yarim himoyachi Yoqub Karimi, 25 yosh

9-raqamdagi hujumchi Kaveh Rizoi, 24 yosh

21-raqamdagi himoyachi Vuriya G‘ofuri, 29 yosh

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!