
"Lokomotiv"ning OChLdagi raqibi - "Al Vaxda" durang o‘ynadi
Bugun BAA Pro-ligasida 17-tur o‘yinlariga start berildi. Toshkentning “Lokomotiv” klubining OChLdagi raqibi – “Al Vahda” klubi o‘z maydonida “Shabab Al Axli” jamoasini qabul qildi.
Ushbu o‘yinda kuchlar teng keldi – 0:0. Mazkur o‘yindan so‘ng “Al Vahda” jamg‘argan ochkolar soni 37 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 1-o‘rinda ketayotgan “Al Ayn”dan 1 ochko kam jamg‘argani bois, 2-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" OChL 1-turida mazkur klubni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi. BAAdagijavob bahsi esa 3 aprel sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
BAA Pro-ligasi. 17-tur
“Al Vahda” – “Shabab Al Ahli” 0:0.
Fikrlar