
Lopetegi "Sevilya"dan uchralgan mag‘lubiyatni qanday izohladi?
Madridning "Real" klubi ustozi Xulen Lopetegi kecha La Liga doirasida "Sevilya"dan (0:3) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz yaxshi boshlagan o‘yinimizni yomon o‘tkazdik. Asosiy rejamiz raqibga kuchli bosim o‘tkazish edi. “Sevilya” esa bugun juda yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda biz nisbatan yaxshiroq o‘ynadik, ammo kech bo‘lgan edi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklashimiz kerak.
Bugungi mag‘lubiyat futbolchilarning kayfiyati bilan bog‘liq deb o‘ylamayman. Mag‘lubiyatga uchrashimizga boshqa qator sabablar bor. Chempionatda ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi. Endi bor e’tiborimizni “Atletiko”ga qarshi o‘yinga qaratamiz”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar