MYu Belgiya terma jamoasi etakchilaridan biriga qiziqib qoldi

  • 19 noyabr, 2018, 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Aksel Vitsel "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Het Laatste Nieuws nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar bosh murabbiyi Joze Mourino 29 yoshli belgiyalik futbolchining o‘yinini kuzatish uchun shaxsan Shveytsariyaga qarshi o‘yinga tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun, Vitsel “Borussiya” safida joriy yilning avgust oyidan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida dortmundliklar safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning taxminiy transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!