MYu Xorvatiya terma jamoasining 2 nafar futbolchisi uchun 105 mln evrodan voz kechishga tayyor

  • 17.07.2018 17:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Xorvatiya terma jamoasining 2 nafar futbolchisi uchun 105 million evrodan voz kechishga tayyor.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar "Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich  hamda "Ayntraxt" yarim himoyachisi Ante Rebichlarni o‘z saflarida ko‘rishmoqchi. Buning uchun esa “neradzurrilar”ga 55 mln evro, frankfurtliklarga esa 50 mln evro to‘lashga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, yuqorida nomlari tilga olingan har ikkala futbolchi Xorvatiya terma jamoasining JCh-2018 finaliga qadar etib kelishiga munosib hissa qo‘shishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!