
MYu himoyachisi Parijga yo‘l olishi mumkin
Frantsiyaning amaldagi chempioni – PSJ “Manchester Yunayted” himoyachisi Erik Bayiga qiziqib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 24 yoshli futbolchining o‘zi ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab Joze Mourino jamoasidan ketishga tayyor.
O‘z navbatida Bayiga PSJdan tashqari shuningdek “Tottenxem” va “Arsenal” klublari ham kurash olib borishmoqda. Uning transferi esa yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida amalga oshirilishi mumkin.
Fikrlar