MYu va "Yuventus" Remsi uchun kurashga qo‘shildi

“Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remzi klub bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi.

Uning “to‘pchilar” bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2019 yil yozida yakuniga etadi.

1 yanvar kuni Remzi rasman yangi klubga o‘tish haqida dastlabki kelishuvni tuzishi mumkin. Avvalroq uning xizmatlariga “Milan” qiziqish bildirayotganligi aytilgan edi.

Hozirda u uchun kurashga “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Yuventus” klublari ham qo‘shilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!