"Manchester Siti" Zinchenkoni "Vulverxempton"ga sotadi

  • 06.07.2018 20:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" klubining ukrainalik yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko APLning boshqa bir jamoasi - "Vulverxempton" safiga o‘tishga yaqin turibdi.

Berilgan xabarlarga qaraganda "Vulverxempton" 21 yoshli futbolchi uchun “shaharliklar”ga 13,5 mln evro to‘laydi. Bundan tashqari “Siti” kelajakda bonuslar bilan yana qo‘shimcha 4,5 mln evro ishlab olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Zinchenko o‘tgan mavsum “Manchester Siti” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!