"Manchester Siti"ning asosiy himoyachisi uzoq muddatga safdan chiqdi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi o‘zining asosiy himoyachisi Benjamen Mendini uzoq muddatga yo‘qotdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli frantsiyalik futbolchi tizzasidan jarohat olgan va operatsiya ham qilingan.
Hozircha uning qachon safga qaytishi ma’lum qilinmayapti. Ammo, Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda Mendi eng kamida 2018 yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, Mendi joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushgan va jamoasining 6ta goliga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘lgan.



Fikrlar