"Manchester Yunayted" himoyachisi qishda jamoani tark etadi
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Matteo Darmian qishda jamoasini o‘zgartiradi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli italiyalik futbolchi faoliyatini o‘z vatanida davom ettirmoqchi. Unga "Inter", "Napoli" va "Yuventus" kabi A Seriya grandlaridan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda MYu bosh murabbiyi Joze Mourino ham ushbu transferga o‘z roziligini bildirgan.
Fikrlar