Manjukich “Yuventus” bilan shartnomasini uzaytirishga juda yaqin turibdi

  • 06.01.2019 00:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukich “Yuventus”dan ketishni rejalashtirmayapti.

Corriere dello Sport tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli futbolchi turinliklar bilan amaldagi shartnomani 2022 yilga qadar uzaytirishga juda yaqin turibdi. Yangi kelishuvga ko‘ra uning maoshi 4,5 mln dan 7,5 mln evroga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Manjukich joriy mavsum A Seriyada jami 16ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “Yuve” bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!