
Mario Balotelli o‘z klubiga hiyonat qildi
Frantsiyaning “Nitstsa” jamoasi hujumchisi Mario Balotelli “Marsel” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda L’Equipe nashri ma’lum qilmoqda.
Italiyalik 28 yoshli futbolchi “Marsel” bilan kelishuvga erishgani xabar qilinmoqda. Balotelli yangi klubda “Nitstsa”dagidan kam maosh olmaydi.
Yaqin sutka ichida “Super Mario” “Nitstsa” bilan shartnomasini bekor qiladi va o‘tgan yozdan beri o‘tmoqchi bo‘lgan “Marsel” a’zosiga aylanadi.
Fikrlar