Mariya Sharapova hammani hayratga soldi
Doping tufayli qariyb bir yarim yil katta tennisdan chetda qolgan Mariya Sharapova ayni paytda ilk turnirida ishtirok etmoqda.
Shtutgartdagi nufuzli musobaqaning asosiy to‘rida o‘ynayotgan rossiyalik tennischi ko‘pchilikni hayratga soldi. Mutaxassislarning aksariyati uzoq tanaffusdan so‘ng Mariyadan birdaniga yutuqlar kutib bo‘lmasligini ta’kidlashayotgan edi.
Mariya Sharapovaning birinchi raqibi kim?
Lekin Shtutgartdagi turnirda Sharapova ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Musobaqa davomida italiyalik Roberta Vinchini 7:5, 6:3, o‘z hamyurti Ekaterina Makarovani 7:5, 6:1, estoniyalik Anett Kontaveytni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan rus go‘zali nihoyat yarim finalga chiqdi.
Endi Mariya final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bellashuvda frantsiyalik Kristina Mladenovich bilan raqobatlashadi. Ikkinchi yarim finalda ruminiyalik Simona Xalep mezbonlar vakilasi Laura Zigemundga qarshi kortga chiqadi.
Izohlar (0)