Marko Roys kutilganidan ancha tez safga qaytdi
Dortmundning “Borussiya” klubi muxlislari uchun hushxabar. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra jamoa sardori Marko Roys tovonidan olgan jarohatidan kutilganidan ancha tez safga qaytdi.
Ma’lumotlarga qaraganda Roys shanba kuni Bundesliganing navbatdagi turi doirasida “Gannover”ga qarshi o‘yinda ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum “Borussiya” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol va 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Dortmundliklar esa ayni damda ortda qolgan 18ta tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida peshqadamlik qilishmoqda.
Fikrlar