“Marsel”ga “Roma” etakchisi kerak
“Marsel” klubi yozgi transferlar mavsumida “Roma” yarim himoyachisi Kevin Strotmanni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmayotir.
Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli yarim himoyachi yangi mavsumdan oldidan asosiy xaridi bo‘lishi kutilmoqda.
“Marsel” ustozi Rudi Garsiya avvalroq “Roma” boshqargan va Strotmanning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Gollandiyalik futbolchining “Roma” bilan tuzgan shartnomasi yana ikki yildan so‘ng yakuniga etadi.
Yakunlangan 2017/18 mavsumda gollandiyalik yarim himoyachi “A” seriyada 32 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar