Massimiliano Allegri: Ronaldu kelgach jamoamizda nimalardir o‘zgardi

  • 31.12.2018 08:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning kelishi jamoaga qanday ta’sir qilgani haqida aytib o‘tdi.

“Krishtianu – dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Ronaldu kelgach jamoamizda nimalardir o‘zgarganini sezyapmiz. Ammo, biz Evropada g‘olib chiqishimiz uchun ruhan yaxshi tayyorlanishimiz kerak. Ungacha esa Italiya chempionati va kubogida yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak”, - deydi Allegri.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” ayni damda A Seriyada yakka peshqadamlik qilmoqda. Ronaldu esa 14ta gol bilan to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
31/12/2018 11:27
Нималардир? Узи хам тушунмаяпти шекилли нима узгарганини
Anjanlik
31/12/2018 14:53
Allegri faqat gol urayotganini tuwunyapti wekilli????????)
Ronaldo Junior
01/01/2019 12:55
Siii
Anjanlik
31/12/2018 14:52
Nima o‘zgarganini aytpasizu janob Allegri?!