Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig‘ini yakunlandi

  • 1 mart, 2019, 15:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi yig‘in o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l olgani haqida xabar berib o‘tgandik. Jamshid Asadov boshchiligidagi terma jamoa a’zolari Antaliyada ikki mahal mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Mashg‘ulot davomida futbolchilarning jismoniy holati va texnikasi ustida ish olib borildi.
 
Terma jamoa a’zolari yig‘in doirasida bitta nazorat o‘yini ham o‘tkazishdi. Antaliya U-17 jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda vakillarimiz 8:4 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu bilan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig‘ini yakunlandi
 
Mazkur terma jamoa a’zolari bu yil iyul oyida Polshada bo‘lib o‘tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi. Ushbu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoa a’zolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!