
Messining kechagi o‘yindagi “qo‘rqinchli” statistikasi
Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida PSJ o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi. Uchrashuv kutilmaganda kataloniyaliklarning yirik mag‘lubiyati bilan yakunlandi – 4:0.
E’tiborlisi, “ko‘k-anor ranglilar” etakchisi Lionel Messi kechagi o‘yin davomida raqib darvozasi tomon biror marotaba ham zarba bera olmadi. Eng ahamiyatlisi besh karra “Oltin to‘p” sohibi parijliklar jarima maydonida biror marta ham to‘pga teginmadi. Ta’kidlash kerakki, bu holat Messida mavsumda birinchi bor sodir bo‘lmoqda.
Argentinalik futbolchining kechagi uchrashuvdagi statistikasi juda ham daxshatli ko‘rinish oldi: gol – 0, aniq uzatma – 0, darvoza tomon zarba – 0, vaziyatlar yaratish – 0, aniq uzatmalar – 15%.
Aytish lozimki “Barselona” kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng chorak finalga chiqish masalasini o‘zi uchun juda ham qiyinlashtirib yubordi.
Fikrlar