“Metallurg-vumen” yig‘inni boshladi

  • 25 yanvar, 2019, 21:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” futbol klubining Chilonzor tumanidagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida 17 yanvar sanasidan e’tiboran har kuni ikki mahaldan olib borilayotgan mashg‘ulotlar 27 yanvar sanasida poyoniga etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Mashg‘ulotlar barobarida murabbiylar shtabi ko‘rik-nazorat uchrashuvlariga ham e’tibor qaratishmoqda. Jumladan Avaz Maxsumov etakchiligidagi “Metallurg” qizlari bugun mezbonlar – “Paxtakor-vumen”ga qarshi to‘p surishdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Gollarni bekobodliklardan Mavluda Munavvarova hamda Yulduz Nabievalar (2 ta) kiritishdi.

"Bugun 2019 yil hisobidan birinchi o‘yinni o‘tkazdik. Jamoamizda ko‘rikdan o‘tayotgan qizlar bor. Asosiy tarkibimizning bir qator o‘yinchilari O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘inida qatnashishyapti. Darvozabonimiz Gulandom Boymatova, o‘tgan yilgi to‘purarimiz Dildora Nozimova hamda bu yildan bizning klubda o‘ynashni istagan va kelishuvga erishgan Fazilat Bahromovalar shular jumlasidandir. Birinchi uchrashuv bo‘lganligi bois ancha payt o‘yinimiz qovushmadi. Ikkinchi taymga kelib maydonga moslashdik. O‘yinimiz ham chiqa boshladi. Gol mualliflaridan tashqari ikkita golga assistentlik qilgan Diyora Erkinovani ajratib ko‘rsatmoqchiman. Birinchi yig‘inning so‘nggi kuni “Lokomotiv-vumen” jamoasiga qarshi yana bitta nazorat o‘yini o‘tkazishni rejalashtiryapmiz", - deydi jamoa bosh murabbiyi Avaz Parxatovich.

“Paxtakor”ga qarshi uchrashuvni bekobodliklar quyidagi tarkibda o‘tkazishdi: Nigora O‘zganova, Nozima Kamoltoeva, Mahfuza Jo‘raeva, Yulduz Nabieva, Elvina Ablyakimova, Shoira Qulturaeva, Mavluda Munavvarova, Gulzoda Saidova, Zebo Jo‘raeva, Gulchehra Mamatisaqova, Diyora Erkinova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!