
Millatlar ligasi. Bugun Turkiya qora ana’nasiga chek qo‘ya oladimi yoki Rossiyaning g‘alabali seriyasi davom etadimi?
Xabaringiz bor shu kunlarda Evropada UEFA Millatlar ligasining navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Hususan, bugun Rossiya terma jamoasi o‘z maydonida Turkiyaga qarshi bahs yuritadi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- Rossiya va Turkiya tarixda o‘zaro faqat 5 marta to‘qnash kelishgan. Ushbu bahslarning 3tasida ruslarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, qolgan 2ta o‘yin durang bilan yakunlangan.
- Rossiya terma jamoasi qatorasiga 5ta o‘yindan buyon asosiy bo‘limlarda mag‘lub bo‘lmayapti.
- Turkiya terma jamoasi 2018 yilda bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. Shuningdek 3ta g‘alaba hamda 4ta durang qayd etgan.
- Rossiya terma jamoasi so‘nggi 10ta o‘yindan bor yo‘g‘i 2tasida mag‘lub bo‘lgan holos.
Rossiya – Turkiya
Stadion: "Fisht" (Sochi, Rossiya)
Boshlanish vaqti: 21:00
Bosh hakam: Pavel Rachkovski (Polsha)
Taxminiy tarkiblar:
Rossiya: Gilerme – Fernandes, Jikiya, Noyshtedter, Raush, Zobnin, Gazinskiy, Kuzyaev, Cherishev, Golovin, Dzyuba.
Turkiya: Bolat – Ozbayrakli, Seyundjyu, Aziz, Bayram, Ozyakup, Chalxanoglu, Yokushlu, Tekdemir, Tosun, Under.
Fikrlar