
Modrich, Rakitich va Manjukich Xorvatiya terma jamoasining Peru va Meksikaga qarshi o‘yinlariga chaqirildi
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich mamlakat bosh jamoasining mart oyida o‘tkaziladigan 2ta o‘rtoqlik o‘yini uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Darvozabonlar: Daniel Subashich ("Monako", Frantsiya), Lovre Kalinich ("Gent", Belgiya), Dominik Livakovich ("Dinamo" Z);
Himoyachilar: Domagoy Vida ("Beshiktash", Turkiya), Deyan Lovren ("Liverpul", Angliya), Vedran Chorluka ("Lokomotiv", Rossiya), Matey Mitrovich ("Bryugge", Belgiya), Zoran Nijich ("Xayduk"), Yosip Pivarich ("Dinamo" K, Ukraina), Ivan Strinich ("Sampdoriya", Italiya), Marin Leovats ("Rieka"), Shime Vrsalko ("Atletiko", Ispaniya), Tin Yedvay ("Bayer", Germaniya);
Yarim himoyachilar: Mateo Kovachich, Luka Modrich (oba – "Real", Ispaniya), Milan Badel ("Fiorentina", Italiya), Ivan Rakitich ("Barselona", Ispaniya), Ivan Perishich, Marselo Brozovich (oba – "Inter", Italiya), Marko Rog ("Napoli"), Mario Pashalich ("Spartak", Rossiya), Filipp Bradarich ("Rieka");
Hujumchilar: Mario Manjukich ("Yuventus", Italiya), Ante Rebich ("Ayntraxt", Germaniya), Marko Pyatsa ("Shalke", Germaniya), Andrey Kramarich ("Xoffenxaym", Germaniya), Ivan Santini ("Kan", Frantsiya), Dyuje Chop ("Standard", Belgiya), Nikola Kalinich ("Milan", Italiya).
Ma’lumot uchun, xorvatiyaliklar dastlab 23 mart kuni Peru bilan kuch sinashishsa, oradan uch kun o‘tib Dallas shahrida Meksika bilan o‘ynashadi.
Fikrlar