"Monako" ham Morata uchun kurashga qo‘shildi

  • 11.01.2019 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek ispaniyalik forvard Alvaro Morata "Chelsi"dan ketishga juda yaqin turibdi.

Cope tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli futbolchi uchun “Monako” ham kurashga qo‘shildi. Qayd etish lozimki, ayni damda inqiroz ko‘chasiga kirib qolgan Terri Anri jamoasi vaziyatni o‘nglash uchun davralar oralig‘ida tarkibga yangi futbolchilar jalb etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Morata uchun shuningdek “Sevilya” va “Atletiko” klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Alvaro Morata “Chelsi” safiga 2017 yilning yozida “Real” Madriddan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum “Chelsi” safida 24ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 9ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!