
"Monako" o‘z maydonida "Borussiya D"ni ishonchli tarzda engdi va yarim finalga yo‘l oldi
Bundan bir necha daqiqalar oldin UEFA Chempionlar ligasi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv, aniqrog‘i "Monako" va "Borussiya D" qarama-qarshiligi yakunlandi.
Joriy mavsum o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan "Monako" shu kuni o‘z maydonida muxlislariga gollar shousini taqdim etib berdi. Shu oqshom Dortmundliklar darvozasiga 3ta to‘p kiritgan va o‘z darvozasidan 1ta to‘p olib chiqqan monakoliklar EChLning yarim finaliga yo‘l olishdi.
Monako, «Lui-Dozem» stadioni
«Monako» – «Borussiya» Dortmund – 3:1 (2:0)
Gollar: Mbappe 3, Falkao 17, Jermen 82 - Roys 48
Dastlabki o‘yin: 3:2
«Monako»: Subashich, Glik, Mendi, Ture, Jemerson, Moutino, Bakayoko, Lemar, Silva, Mbappe (Jermen 81), Falkao (Dirar 68).
Bosh murabbiy: Leonardu Jardim.
«Borussiya» Dortmund: Byurki, Ginter, Papastatopulos, Durm (Dembele 27), Piщek, Gerreyru (Pulishich 72), Vaygl, Kagava, Shaxin (Shmeltser 46), Roys, Obameyang.
Bosh murabbiy:Tomas Tuxel.
Bosh hakam: Damir Skomina.
Fikrlar