Morataning agenti Londonga nega keldi?
"Chelsi" klubi hujumchisi Alvaro Morataning agenti London shahriga keldi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik futbolchining agenti “aristokratlar” rahbariyati bilan mijozini ijara asosida “Sevilya”ga qo‘yib yuborilishi masalasini muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” Iguainning transferi borasida “Yuventus” bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak londonliklar Moratani “Sevilya”ga ijaraga berishlari mumkin.
O‘z navbatida Morata Ispaniyaga qaytish uchun maoshining kamayishiga ham rozi.

Fikrlar