Mourino qanday qilib «Barsa»ni to‘xtatgandi?
Kecha kataloniyaliklar yana «neladzurrilar» bilan kuch sinashdi. Chempionlar Ligasining 4-turida «Barselona» safardan 1-1 hisobidagi durang bilan qaytdi. Bir vaqtlar aynan shu «Inter» «ko‘k-anorranglilar»ni yarim finalda to‘xtatishning uddasidan chiqishgandi.
«Biz uchun bu orzu» – degan edi Jozem Mourino «Inter»ning Chempionlar Ligasi finaliga chiqishini gapirarkan. «Barsa» uchun bu shunchaki qiziqish» deya o‘z fikrini bildirgandi 2010-yilda.
O‘shanda uning jamoasi «Kamp Nou»da yarim final bosqichining javob uchrashuvida maydonga chiqqandi. Portugaliyalik mutaxassis keyinchalik Evropada tengsiz deb topilgach unga «Santyago Bernabeu» eshiklari ochildi.
O‘sha vaqtlarda Pep Gvardiolaning «Barsa»si futbol olamida hukmron klub edi. Bir mavsum avval treblni qo‘lga kiritgan kataloniyaliklar bu safar ham bunga yaqindek ko‘ringandi.
«Barsa» futbolchilari navbatdagi sovrinni yutib olishiga o‘zlarida ishonch bor edi. Ichki chempionatda esa ular madridliklarni «er tishlatib» La Ligani naqd qilib qo‘yishgandi.
Florentino Peres esa yozda transferlar uchun millionlab pullar sarflab yo‘qotilgan kuchni ortga qaytarishga tirishardi.
Shu maqsadda klubga Krishtianu Ronaldu, Kaka, Karim Benzema va Xabi Alonsolar olib kelindi. Biroq «Real» Chempionlar Ligasida «Lion» to‘sig‘idan o‘ta olmadi, ular turnirni yana nimchorak finalda yakunlashdi. Madridda o‘tadigan finalda esa azaliy raqiblari ishtirok eta olmasligiga umid qilardi, xolos. Boisi «Santyago Bernabeu»da o‘tadigan finaldan oldin kataloniyaliklar vakillar bu «o‘zgacha taassurot qoldirishi» haqida tinmay matbuotda chiqishlar qilib turardi.
«1997-yilda men «Barsa»da tarjimon bo‘lib ishlardim, men «Santyago Bernabeu»da «Betis»ga qarshi o‘yinda tajribamdan o‘tkazganman. Men bu nimani anglatishini tushunib etganman. Bu xuddi Jahon Chempionatini yutgandek edi. Endi Chempionlar Ligasini u erda yutib olishni tasavvur qilayapsizmi.» – deya Mou o‘yindan oldingi matbuot anjumanida gapirib berdi.
«Qirollik klubi» bu ish yana takrorlanishi, ayniqsa «Barsa»ning madhiyasi yangragan vaqtda Kataloniya bayrog‘i hilpirashini hazm qila olmasdi.
Garchi Qirol Kubogidagi ishdan keyin klub uzr so‘ragan bo‘lsada, bu ish yana baribir sodir bo‘lishi aniq edi.
«Real»ning baxtiga qarshi Mourino ularni bunday «balo»dan qutqarib qoldi. «Inter» «Barsa»ni o‘z uyida hisobda ortda qolayotganiga qaramay 3-1 hisobida mag‘lub etdi. O‘shanda ko‘pchilik “ko‘k-anorranglilar” futbolchilari Italiyaga noqulay ob-havo tufayli 14 soatda avtobusda etib borgani va bu yo‘l charchog‘i futbolchilarga jiddiy ta’sir qilgani bilan izohlagandi.
«Kamp Nou»dagi javob o‘yinida esa Gvardiola shogirdlari ultra-himoyaviy uslubda o‘ynagan «o‘zgacha» shogirdlarini kichik 1-0 hisobida mag‘lub eta olgandi. O‘yinning 28-daqiqasidan boshlab Tyago Mottaning qizil kartochka olib maydonni tark etishi ortidan 10 kishi bo‘lib qolgan «Inter» «oxirigacha» turib bergandi.
Pike o‘yin so‘nggida gol urishga muvaffaq bo‘lganiga qaramay umumiy hisob 3-2 ni tashkil etdi va «neradzurrilar» finalga yo‘l olgandi. «Bu mening eng chiroyli mag‘lubiyatim bo‘ldi» – degandi Mourino o‘yindan keyin bergan intervyusida.
Qo‘shimcha qilarkan, «biz to‘pga egalik qilishni umuman istamadik. «Barselona» bosim qilayotganda va to‘p bilan bo‘lganda biz o‘z pozitsiyamizni yo‘qotardik. Men maydonda hech qachon pozitsiyani yo‘qotishni istamayman. Shu sababli biz ularga o‘yin nazoratini taqdim qildik.» – deya o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.
Birinchi o‘yinda Diego Militoning ofsayddan urgan goli, «Kamp Nou»da Boyan Krkichning ofsayddan urgan goli hisobga olinmagani va Islandiyada yuz bergan vulqonning ta’siri «Inter»ning o‘sha mashhur g‘alabasiga yordam bergan faktorlar bo‘lgandi.
Mourino o‘yindan oldin qattiq qayg‘urdi, himoyalanishning eng yuksak cho‘qqisini namoyish qildi va kataloniyaliklarga qarshi «vaktsina»ni ommaga taqdim qildi. Portugaliyalik mutaxassis 2008-yilda uni emas aynan Gvardiolani bosh murabbiy qilmaganidan o‘zicha «qasos» oldi.
«Inter» murabbiyi o‘yindan keyin qo‘llarini osmonga qarata baland ko‘targancha «Kamp Nou»ga tashrif buyurganlar tomon yugurdi. Bu albatta klubni, futbolchilarni va muxlislarning g‘azabiga sabab bo‘ldi.
Bu ishni qilishdan qaytarmoqchi bo‘lgan Viktor Valdesdan so‘rasak nimalarni his qilganini aytib bersa ajabmas.
Bu Mourino va «Barsa» o‘rtasidagi «jang»ning kichik bir debochasi bo‘lib chiqdi. Portugaliyalik mutaxassisning «Santyago Bernabeu»da Chempionlar Ligasini yutishi shu stadionda qolishiga sababchi bo‘ldi. «Bavariya» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «Inter»dan ketishini ma’lumi qildi.
Oradan to‘qqiz kun o‘tib u «Real» bosh murabbiyi etib tayinlandi. U «Real»da boshqa Chempionlar Ligasini yuta olmagan bo‘lsada, «Barselona»ning «oltin davri»ni tugatishda bosh-qosh bo‘ldi.
2011-2012-yilgi La Liga chempionligi va bir yil oldin Qirol Kubogini yutganidan tashqari u klub bilan boshqa sovrin yuta olmadi. Ammo aynan u «Barselona»ning Chempionlar Ligasi yangi formatida ketma-ket sovringa ega chiqishini to‘xtatib qoldi.
U bu bilan «Santyago Bernabeu»da madridliklar ko‘z o‘ngida ushbu sovringa ega chiqishining oldini oldi. Bu bilan barcha undan minnatdor bo‘lgan bo‘lsa ajabmas.
Fikrlar