Muattar Nabieva reyting musobaqasida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Shu kunlarda Misr poytaxti Qohira shahrida og‘ir atletika bo‘yicha qizlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. Musobaqaning ahamiyatli tomoni shundaki, atletlar ushbu musobaqa orqali Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini jamg‘aradilar. Turnirda yurtimiz sharafini Muattar Nabieva, Kumushxon Fayzullaeva, Dolera Davronova va Tursunoy Jabborovalar himoya qilishmoqda.

Tecno

Quvonarlisi, bugun turnirda -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muattar Nabieva dast ko‘tarishda 90 kg, siltab ko‘tarishda esa 115 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va oltin medal sohibasiga aylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ertaga o‘tkaziladigan bahslarda Kumushxon Fayzullaeva (-64 kg) supachaga ko‘tarilsa, 12 dekabr kuni Tursunoy Jabborova (-76 kg) va Dolera Davronova (-87 kg) medallar uchun kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!