Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Murodjon Ahmadalievni tabriklaymiz

Izohlar: 0

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Murodjon Ahmadaliev bugun o‘zining 23 yoshini qarshi olmoqda.

Bu bokschimiz ko‘plab yirik musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. U bir necha karra O‘zbekiston chempioni, 2015 yilgi Osiyo chempionatida kumush, an’anaviy “Stranja” va Sidney Jekson kuboklarida oltin va yana ko‘plab musobaqalarda shohsupaning yuqorisidan o‘rin egallagan.

Eng yirik natijasi esa o‘tgan yili Rio Olimpiadasida 56 kg vazn toifasida yarim finalgacha etib bordi va to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

U shuningdek, Butunjahon boks seriyalari (WSB)da “Uzbek Tigers” jamoasi sharafini ham himoya qilib kelmoqda.

Bokschimizni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etamiz va keyingi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q