"Nant"da endi hech kim 9-raqamda o‘ynamaydi

"Gapirishga so‘z topa olmayapman, bu fojia. Emiliano o‘z ismini klub tarixiga yozib keta oldi va barcha muxlislar kabi uning xotirasini yana bir bor yod etish uchun 9-raqamni muomaladan chiqarishga qaror qildik", - dedi "Nant" prezidenti Valdemar Kit.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Sala qishki transfer oynasi vaqtida "Nant" klubidan "Kardiff Siti"ga ko‘chib o‘tgan edi. Sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashib, Frantsiyadan Britaniyaga qaytayotganida esa u o‘tirgan shaxsiy samolyot radarlardan yoqolib qolgan edi.

Kuni kecha esa La-Mansh bo‘g‘ozidan topilgan jasad Emiliano Salaga tegishli ekanligi rasman tasdiqlangan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!