"Napoli" etakchi himoyachisidan ayrildi
"Napoli" klubi asosiy himoyachisi Kalidu Kulibali jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 27 yoshli senegallik futbolchi son mushaklaridan jarohatlangan. Aynan shu sabab u Senegal terma jamoasi qarorgohini tark etgan.
Ammo, Kulibalining qancha muddatga safdan chiqqani hozircha noma’lum. Bu savolga o‘tkaziladigan to‘liq tibbiy tekshiruvlardan so‘ng javob olish mumkin.
Fikrlar