
“Neftchi” – AGMK. Ashurmatov shogirdlari Farg‘onadagi muvaffaqiyatini qaytara oladimi?
Quyida esa mazkur qarama-qarshilik prevyusi bilan tanishish imkoniga egasiz.
“Neftchi” va AGMK (“Olmaliq”, OTMK) Superliga (sobiq Oliy liga)da 23 marta to‘qnash kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 12 tasida farg‘onaliklar g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 5 ta durang bilan nihoyasiga etgan. “Olmaliq” hisobida esa 6 ta g‘alaba mavjud.
“Neftchi” shu kungacha o‘zaro o‘yinlarda AGMK darvozasiga 42 ta to‘p kiritgan, olmaliqliklar esa “Neftchi” darvozasiga 27 ta gol urgan. Olmaliqliklar o‘zaro o‘yinlarda 26 ochko ishlab olgan bo‘lsa, “Neftchi” 38 ochkoni qo‘lga kiritgan.
O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alaba haqida gap ketganida "Neftchi"da bu ko‘rsatkich 4:0 ni (2013), AGMKda esa 3:0 ni tashkil etadi.
Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi sakkiz o‘yin natijasi quyidagicha yakunlangan:
05.4.2018 “Neftchi” – AGMK 1:3
29.04.2017 “Neftchi” – “Olmaliq” 1:1
24.09.2016 "Neftchi" – "Olmaliq" 3:1
07.06.2015 "Neftchi" – "Olmaliq" 3:1
16.05.2014 "Neftchi" – "Olmaliq" 2:1
14.09.2013 "Neftchi" – "Olmaliq" 4:0
21.11.2012 "Neftchi" – "Olmaliq" 4:2
05.11.2011 “Neftchi” – “Olmaliq” 4:1
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: AGMK so‘nggi ikki yil ichida Farg‘onadan ochko bilan qaytmoqda. O‘tgan mavsum jamoa “Istiqlol” stadionida “Neftchi” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, bu mavsum “konchilar” Bahrom Haydarov shogirdlarini 3:1 hisobida mag‘lub etishga erishgan edilar.
Fikrlar