Nemis grandlari "Chelsi" hujumchisi uchun kurashga qo‘shilishdi
Germaniyaning ikki grandi - "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund "Chelsi" hujumchis Alvaro Morata uchun kurashga qo‘shilishdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Bundesliga etakchilari 26 yoshli ispaniyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Morataga “Sevilya” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Morata joriy mavsum “Chelsi” safida jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 9ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar