Neymar Ispaniyaga qaytish niyatida

PSJ va Neymar o‘rtasidagi dastlabki muzokaralarni fosh qilgan jurnalist endi Neymar PSJga o‘tganidan afsusda ekanligini ma’lum qildi.

Marselo Beshler braziliyalik futbolchi tanlovda adashganini va Ispaniyaga qaytmoqchi ekanini aytgan. Neymarning Parijda baxtli emasligiga sabab uning Unay Emeri va klubdoshlari Edinson Kavani va Anxel Di Mariyalar bilan sovuq munosabatlari sabab bo‘lmoqda. Beshler “PSJ” Neymardan tashqari har qanday kishini ketkazishga tayyor ekanligini El Transistor ga bilan bo‘lgan suhbatida aytib o‘tgan. Bu esa, Emeri, Kavani va Di Mariyalarning yaqin orada jamoani tark etishini anglatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!