Nigina Abduraimova final yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi
Xabaringiz bor Nigina Abduraimova Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan o‘tkazilayotgan "Shymkent Open - 2018" turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Nigina ushbu turnirning chorak finalida belaruslik Anna Kubarevani mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Bugun Abduraimova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun rossiyalik Varvara Flinkga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar