Noyer va Xummels "Bavariya" mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi
"Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer jamoaning bugungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 32 yoshli posbon shamollab qolgan. Xuddi shu sabab bilan zaxira darvozaboni Sven Ulrayx va himoyachi Mats Xummelslar ham mashg‘ulotlarda ishtirok etishmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” o‘zining navbatdagi uchrashuvini 2 mart kuni “Borussiya” Myunxengladbaxga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar