Nursulton Ro‘ziboev braziliyalik jangchiga qarshi to‘qnashuvda chempionlikni himoya qiladi

TIGGO 2 PRO

Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Nursulton Ro‘ziboev (20-5-1) o‘zining navbatdagi jangini 10 noyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazadi.

O‘rta vazn toifasida WEF GLOBAL chempionlik kamarining amaldagi sohibi ushbu himoya jangini tajribali engilmas jangchi braziliyalik Markos Souzaga (7-0-0) qarshi o‘tkazadi.

Avvalroq Markus Souza “Real fight Arzalet” chempionlik kamari uchun kechadigan jangda qirg‘izistonlik Mumabek uulu Aktilekga (14-5-0) bilan uchrashishi rejalashtirilgan edi, biroq jangchilarning menejerlari va tashkilot vakillari ularning “Arzalet FCG” kamari uchun to‘qnashuvi 2019 yil fevralida Seuldagi (Janubiy Koreya) “REAL FIGHT ARZALET&WEF GLOBAL” turnirida o‘tkazilishi bo‘yicha kelishib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!