
Odil Ahmedov 10 ming dollar jarima to‘laydi
Ahmedov Osiyo kubogi 1/8 final bosqichi doirasida Avstraliyaga qarshi o‘yindan so‘ng flesh-intervyuga kelmagani uchun qo‘mita qaroriga ko‘ra 10 ming AQSh dollari jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Mazkur qaror e’lon qilinganidan so‘ng 30 kun muddat ichida yarim himoyachi jarimani to‘lashi shart. Shuningdek, Odil ushbu holatni yana bir bor takrorlasa kelgusi chora yanada qattiq bo‘lishi tayin.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar terma jamoamiz himoyachisi Egor Krimets ikki bor OFK tomonidan jarimaga tortilgan edi.
Fikrlar