Oksana Chusovitina jahon kubogida shohsupaga ko‘tarila olmadi

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bosqichlaridan biri o‘z yakuniga etmoqda. 

Tecno

Kecha tayanib sakrash bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, ushbu dasturda yurtdoshimiz Oksana Chusovitina ham ishtirok etdi. Biroq murakkab elementga bajarish jarayonida kichik xatoga yo‘l qo‘ygan vakilamiz 14,416 ball bilan beshinchi o‘rinda musobaqani yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada ishtirok etgan yosh sportchimiz 8,708 ball bilan saralashdan o‘ta olmagan edi.  Vakillarimizga kelgusidagi musobaqalarda omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!