Opa-singil Uilyamslar juftlik bosqichida g‘alaba qozondi
Amerikalik Serena va Vinus Uilyams Frantsiya ochiq chempionatining juftlik bahslarini muvaffaqiyatli boshlashdi.
Ular "Rolan Garros" turnirining birinchi davrasida yaponiyalik Shuko Aoyama va Miyu Katoni 4:6, 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Serena va Vinus Parij shahridagi turnirning navbatdagi bosqichda italiyalik Sara Errani va belgiyalik Kirsten Flipkens, yoki frantsiyalik Klara Byurel hamda Diana Parriga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar