
"Orenburg" - "Zenit" 1:2 (video)
Bugun Rossiya Premer-ligasida 27-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
Hamyurtimiz Vadim Afonin faoliyat olib boradigan "Orenburg" klubi o‘z maydonida "Zenit"ga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur o‘yinda tajriba o‘z so‘zini aytib, piterliklar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Afonin odatdagidek bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar