Osiyo chempioni Iqboljon Xoldorovga (64 kg) oltin medal topshirildi

  • 7 may, 2017, 17:51
  • 0
  • Boks

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida medallar jamg‘arish bo‘yicha yaqqol peshqadamga aylanib oldi.

Biroz avval yakuniga etgan kunduzgi dasturning so‘nggi final jangida hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov mo‘g‘ulistonlik Chinzorig Baatarsuxga qarshi jang olib bordi. Bokschimizning to‘liq tashabbusi ostida o‘tgan jang barcha kutganidek Iqboljonni g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu muvaffaqiyatli natija terma jamoamizga navbatdagi oltin medalni olib keldi.

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati | 64 kg vazn toifasi

Oltin medal sohibi – Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston)

Kumush medal sohibi – Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)

Bronza medal sohibi – Bekdaulet Ibragimov (Qozog‘iston)

Bronza medal sohibi – Nurlan Kobashev (Qirg‘iziston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!